📚2025-yil 30-dekabr kuni "Ipak yo‘li" mahallasi yoshlari ishtirokida “Mutolaa – tafakkur mezoni” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada badiiy adabiyotlar, zamonaviy va milliy asarlar, shuningdek, yoshlar dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiluvchi ma’naviy-ma’rifiy kitoblar namoyish etildi. 🔰Tadbir davomida yoshlar kitoblar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar haqida fikr almashdilar. Ushbu ko‘rgazma yoshlarni mutolaaga keng jalb etish, ularning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qildi.