📚2026-yil 6-yanvar kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mirzacho‘l tuman Politexnikum talabalari ishtirokida "Bilim sari qadam" nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🔰Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni badiiy, ilmiy-ommabop hamda kasbiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi. 📘 Ko‘rgazmada turli yo‘nalishlardagi adabiyotlar, jumladan, badiiy asarlar,tarixiy kitoblar,texnik va kasbga oid qo‘llanmalar, shuningdek,yoshlar uchun mo‘ljallangan nashrlar namoyish etildi. Axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan har bir kitob haqida qisqacha ma’lumotlar berilib,talabalarning qiziqishlariga mos adabiyotlar tavsiya etildi.