Ekskursiya

📚2026-yil 7-yanvar kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “G‘alaba” va “Mustaqillik” mahalla yoshlari ishtirokida "Bilimlar xazinasiga tashrif" nomli ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiyaning asosiy maqsadi yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, ularning bilim va dunyoqarashini boyitish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashishdan iboratdir. 📖 Ekskursiya davomida yoshlar axborot-kutubxona markazining faoliyati, mavjud adabiyotlar fondi bilan yaqindan tanishtirildi. Ekskursiya yoshlar qalbida bilimga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, ularni kitob bilan do‘stlashishga ruhlantirdi.