2026-yil 7-yanvar kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mirzacho‘l tuman Politexnikum kutubxonasi bilan ikki tomonlama ko‘chma kutubxona xizmatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. ✅Mazkur shartnoma kitobxonlarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularni badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan muntazam ta’minlash, mutolaa madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Hamkorlik doirasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kitob taqdimotlari, davra suhbatlari va targ‘ibot ishlari amalga oshirilishi rejalashtirildi.