Uslubiy va amaliy yordam

2026-yil 8-yanvar kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mirzacho‘l Politexnikum kutubxonasiga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatildi. Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda zamonaviy kutubxona ish yuritish uslublarini joriy etishdan iborat bo‘ldi. ✅Tadbir davomida kutubxona fondini tartibga solish, elektron katalog yuritish, kitobxonlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, tajriba almashish orqali hamkorlik aloqalari mustahkamlandi.