Koʻchma kutubxona

2026-yil 8- yanvar kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mirzacho‘l agrosanoat texnikumi kutubxonasi bilan ikki tomonlama ko'chma kutubxona shartnomasi imzolandi. Ushbu shartnoma doirasida tomonlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish, axborot-resurslardan samarali foydalanish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish hamda o‘zaro tajriba almashish masalalari belgilab olindi.