Ko'rgazma

2026-yil 9-yanvar kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida Mirzacho‘l tumani tashkil topgan kun munosabati bilan “Mirzacho‘l: sahrodan yashnagan diyor” mavzusida ko‘rgazma tashkil etildi. ✅Ko‘rgazma orqali tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, keyingi yillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari va erishilgan yutuqlar keng yoritildi. Tadbir ishtirokchilari Mirzacho‘lning sahrodan obod va farovon diyorga aylanish yo‘lidagi fidokorona mehnat hamda tarixiy taraqqiyot bosqichlari bilan yaqindan tanishdilar.