Ekskursiya

2026-yil 13-yanvar kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "G'alaba","Do'stlik" mahalla xotin-qizlar ishtirokida ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiyaning asosiy maqsadi aholini kitobxonlikka keng jalb etish, ularning bilim va dunyoqarashini boyitish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashishdan iborat. ✅Ekskursiya mahalla xotin-qizlar qalbida bilimga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, ularni kitob bilan do‘stlashishga ruhlantirdi.