2026-yil 13-yanvar kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Gulzor" mahallasi hududida joylashgan 19-maktab bilan koʻchma kutubxona xizmati boʻyicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. ✅Mazkur hamkorlik orqali oʻquvchilarga va pedagoglar uchun turli xil adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi. Shuningdek, kitobxonlikni targʻib qilish, yoshlar oʻrtasida mutolaa madaniyatini oshirishga qaratilgan turli tadbirlar tashkil etish rejalashtirildi.