Ko'rgazma

2026-yil 13-yanvar kuni Mirzacho'l tuman Madaniyat markazi binosida 14-yanvar Vatan himoyachilar kuniga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbirda Axborot kutubxona markazi xodimlari "Milliy armiyamiz- xalq ishonchi" mavzusida kitoblar koʻrgazmasi bilan ishtirok etdi. 🔰Mazkur tadbirda Vatanga sadoqat, fidoyilik va mardlik tushunchalari madh etildi. Bayramona kechada vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, tomoshabinlarga yuksak ruh va faxr tuyg‘ularini ulashdi. ✅Tadbir davomida Vatan himoyachilarining sharafli mehnati, ularning tinch hayotimizni ta’minlash yo‘lidagi jasorati alohida e’tirof etildi.