2026-yil 15-yanvar kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tuman Politexnikumi o'quvchilariga “Kitob - ma’naviyat va tafakkur manbai” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi kitobxonlarning bilim doirasini kengaytirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etish maqsadida o‘tkazildi. ✅Ko‘rgazmada o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlari, tarixiy, badiiy, ilmiy-ommabop hamda tarbiyaviy mazmundagi kitoblar o‘rin oldi. Har bir asar inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviy kamolotida muhim ahamiyat kasb etishi bilan ahamiyatlidir.