Kitobxon onalar kuni

2026-yil 16-yanvar kuni Mirzacho'l tuman axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Kitobxon onalar" kuni munosabati bilan "Kitobxon onalar-ma'rifat chirog'i" nomli badiiy-musiqiy kecha tashkil etildi. Onalar – hayotimizning eng buyuk ne’mati, mehr va tarbiyaning bitmas-tuganmas manbaidir. Ayniqsa, kitobxon ona – bu kelajakni tarbiyalayotgan, farzand qalbiga ilm va ma’rifat urug‘ini sochayotgan fidoyi insondir. Shu ezgu g‘oya asosida ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan tadbirda buvijonlar, onaxonlar, kitobxon onalar hamda ularning farzandlari faol ishtirok etdilar. Ishtirokchilar o‘zlari tayyorlab kelgan she’rlar, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar va kitob mutolaasiga bag‘ishlangan chiqishlar bilan tadbirga yanada fayz va mazmun bag‘ishladilar. Ayniqsa, buvijonlarning hayotiy tajribaga boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega so‘zlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.