Davra suhbati

2026-yil 19-yanvar kuni Mirzachol tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Ibn Sino izdoshlari” MCHJ klinikasi oliy toifali shifokori Azimova Sabohat opa hamda klinika xodimlari ishtirokida "Tibbiyot- hayot asosi" nomli davra suhbati tashkil etildi. ✅Shuningdek, axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxona fondidagi tibbiy va ma’rifiy adabiyotlar, elektron resurslar hamda kutubxonadan foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi. Ishtirokchilar kutubxona xizmatlari, a’zolik imkoniyatlari va onlayn resurslardan foydalanish bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘ldilar. Davra suhbat jarayonida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.