2026-yil 20-yanvar kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida "Bog'bon" mahallasi hududidagi 14-maktab o‘quvchilari ishtirokida “Kutubxona — bilim va ma’rifat maskani” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga axborot-kutubxona markazining faoliyati, yaratilgan qulay sharoitlar, mavjud adabiyotlar hamda zamonaviy axborot-resurslar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. ✅ Davra suhbati jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur tadbir yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, bilimga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.