Kitob taqdimoti

2026-yil 21-yanvar kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Jizzax viloyat bo'limining rahbari Iqboloy Umarovaning "O'gay taqdir" nomli kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi. ✅Tadbirda axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda faol kitobxonlar ishtirok etdilar. Kitob taqdimoti davomida asarning mazmun mohiyati, ilmiy va ma'naviy ahamiyati shuningdek, yoshlar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishdagi o'rni haqida fikr-mulohazalar bildirdi. Taqdimot yakunida kitobxonlarni yangi adabiyotlar bilan tanishtirish va mutolaa madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida bunday tadbirlarni muntazam o'tkazish muhimligi ta'kidlandi.