Ijodiy uchrashuv

2026-yil 21-yanvar kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Doʻstlik" mahallasida tikuvchilik sohasida oʻz faoliyatini olib borayotgan hunarmand Mohira Baratova bilan yoshlar oʻrtasida "Kitob va tikuvchilik- bilim va mahorat uyg'unligi" mavzusida ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida hunarmandning oʻz ijod namunalari, erishgan yutuqlari bilan ishtirokchilarga tanishtirib oʻtildi. ✅Tadbirning asosiy maqsadi hozirgi texnologiyalar jadal rivojlangan zamonda yosh avlod qalbida hunarmandchilik va qoʻl mehnatiga boʻlgan mehrni uygʻotishdan iborat boʻldi.Tadbirda 10 nafar kitobxon yoshlar ishtirok etishdi.