2026-yil 21-yanvar kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholi o'rtasida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri tashkil etildi. Ushbu samimiy uchrashuvda faxriy otaxonimiz, ibratli inson Yanisbek Madumarov taklif qilindi. Tadbir davomida yoshi ulug' kitobxonimiz o‘zining o‘tmish hayotida guvoh bo‘lgan tarixiy voqealar hamda mutolaa qilgan asarlari haqida ma’lumotlar berib o‘tdi. Otaxon o‘qigan kitoblar orqali yoshlarni ilmga, kitobxonlikka va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash muhimligini alohida ta’kidladi. ✅Uchrashuv davomida yoshlarga hayotiy tajribaga asoslangan samimiy maslahatlar berilib, o‘tmish bilan bugungi kun o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik haqida gapirib o'tdi. Ularning har bir so'zi yoshlar uchun hayot sabog'i vatanparvarlik, mehnatsevarlik va odamiylik namunasi bo'ldi. Tadbirda 14 nafar ishtirokchi qatnashdi.