#Davra_suhbat

📚2026-yil 22-yanvar kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-maktab o‘quvchilari ishtirokida “Jadidlar — millatni kitob bilan uyg‘otgan zotlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🔰Mazkur tadbir davomida jadid bobolarimizning millat ma’naviyatini yuksaltirish, xalqni ilm-ma’rifatga chorlab, yangi tafakkur asoslarini shakllantirish yo‘lidagi fidokorona faoliyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, jadidlarning matbuot, adabiyot, ta’lim va madaniyat sohalaridagi beqiyos xizmatlari misollar orqali yoritib berildi. ✅Tadbir yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qildi.