2026-yil 23-yanvar kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “G'alaba" mahalla hududida istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirokida ekskursiya tashkil etildi. ✅Ekskursiya davomida yoshlar kutubxona faoliyati, mavjud adabiyotlar fondi, mavjud imkoniyatlar hamda kitobxonlik bilan yaqindan tanishtirildi. 🔰Tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitob mutolaasiga keng jalb etish va bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.