Zakovat

📚2026-yil 23-yanvar kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tashabbusi bilan Mirzacho‘l Politexnikum yosh kitobxonlari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. ✅Mazkur intellektual bellashuv yoshlarning bilim darajasini oshirish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi. O‘yin davomida ishtirokchilar turli sohalarga oid savollarga javob berib, o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. 🔰Bellashuv qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tib, talabalar faol ishtirok etdilar. Tadbir yakunida bilimdon va faol jamoalar e’tirof etilib, yoshlarni ilm-ma’rifatga chorlovchi bunday tadbirlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.