2026-yil 23-yanvar kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari Mirzachoʻl agrosanoat texnikumi bilan hamkorlikda "Kitob oʻqib kelajagingni angla" nomli ma'naviy- ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Erkin Vohidovning "Jaholatga qarshi marifat" asari hamda Oʻtkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asarlaridan parchalar talabalar tomonidan sahnaviy koʻrinishlar asosida namoyish etildi. Ushbu asarlar bugungi kun uchun ham dolzarb bo‘lib, ular o‘quvchini befarqlikdan uyg‘otadi, ongni charxlaydi va ma’naviy kamolot sari yetaklaydi. Kitob oʻqish va adabiyotga oshno bo'lish, har bir insonni ilm bilan qurollanib, jaholatga qarshi kurashishi zarurligini uqtiradi.