Mahalla — jamiyat tayanchi, taraqqiyot asosi! 📍Joriy yilning 23-yanvar kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida "2026-yil — Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili" munosabati bilan xodimlar va yosh kitobxonlar ishtirokida siyosiy-ma’rifat soati tashkil etildi. ✅ Tadbirda Davlat dasturining tub mohiyati, undagi islohotlar va jamiyatimizning har bir a’zosi zimmasidagi mas’uliyat haqida so‘z bordi. Maqsad — xodimlar va yoshlarning siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirish hamda yangi yilda belgilangan ulkan maqsadlarga birgalikda erishishdir. 📌 Biz bilan birga bo‘ling va islohotlardan xabardor bo‘ling!