Ko'rgazma

2026-yil 26-yanvar kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mirzacho‘l tuman 1-son texnikumi yoshlari ishtirokida “Inson va jamiyat talqini O‘lmas Umarbekov asarlarida” mavzusida kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi. 🔰Tadbir davomida kutubxona xodimlari tomonidan adib asarlarining mazmun-mohiyati, unda ko‘tarilgan adolat, vijdon, mas’uliyat va hayotiy haqiqatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Yoshlar yozuvchining ijodiga katta qiziqish bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. ✅Mazkur kitoblar ko‘rgazmasi yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, badiiy adabiyotga bo‘lgan mehrini oshirish, adib ijodi orqali inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni chuqur anglashga yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.