2026-yil 28-yanvar kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Paxtazor” mahallasi hududidagi 9-maktab bilan hamkorlikda koʻchma kutubxona faoliyatini yoʻlga qoʻyish bo‘yicha shartnoma imzolandi. ✅ Koʻchma kutubxona tashkil etishdan maqsad — kitobxonlar safini kengaytirish, yoshlarni mutolaa madaniyatiga jalb etish, chekka hududlarda istiqomat qiluvchi aholining axborot va bilim olish imkoniyatlarini oshirish, shuningdek, taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.