Ekskursiya

2026-yil 28-yanvar kuni Mirzachoʻl tuman axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Mustaqillik" mahallasi yoshlariga ekskursiya tashkil etildi. ✅Ekskursiya davomida ishtirokchilar kutubxonaning fondi, kitobxonlar uchun shart- sharoitlar hamda faol kitobxonlar burchagi bilan tanishtirilib, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishning ahamiyati taʼkidlandi. Ekskursiya ishtirokchilari kutubxona adabiyotlarini koʻzdan kechirib, oʻzlarini qiziqtirgan kitoblarni tanlash imkoniyatiga ega boʻldilar.