Davra suhbati

2026-yil 29-yanvar kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Ipak yo‘li" mahallasi hududida joylashgan 4-maktab o‘quvchilari ishtirokida “Ma’rifat sari bir qadam” mavzusida davra suhbati va targ'ibot ishlari tashkil etildi. ✅Mazkur tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilarni kitobxonlikka keng jalb etish, ularning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat boʻldi. Davra suhbati davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning foydasi va yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. 🔰Tadbir qiziqarli savol-javoblar, ochiq muloqotlar tarzida o‘tkazildi.