Ko'rgazma

2026-yil 29-yanvar kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 9258-harbiy qismga qarashli Mirzacho'l tuman "Toshken" mahalla hududida joylashgan 1- post harbiy xizmatchilar ishtirokida O'zbek-Qozoq madaniyat markazida "Kitob-ma'naviyat va vatanparvarlik manbai" nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🔰Mazkur ko‘rgazmaning asosiy maqsadi harbiy xizmatchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirishdan iborat bo‘ldi. 📘Ko‘rgazmada badiiy adabiyotlar, vatanparvarlik ruhidagi asarlar, tarixiy kitoblar hamda zamonaviy adabiyot namunalari namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilari kitoblar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ko'rgazmada 12 nafar harbiy xizmatchisi qatnashdi.