📚2026-yil 30-yanvar kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholining kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida tashkilot va korxonalarda “Ko‘chma kutubxonalar yangilanmoqda” loyihasi doirasida amaliy ishlar olib borildi. 🔰Mazkur loyiha asosida Mirzacho‘l tumanidagi “Sihat Salomatlik FARM” xususiy korxonasiga biriktirilgan namunali ko‘chma kutubxona faoliyati qayta ko‘rib chiqildi hamda hamkorlik shartnomasi yangilandi. Kitobxonlarning talab va istaklarini inobatga olgan holda 20 dan ortiq yangi badiiy va sohaviy adabiyotlar bilan kitoblar almashinuvi amalga oshirildi.