#Davra_suhbati

📚 2026-yil 30-dekabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida Mirzacho‘l tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda “Huquqiy ong sari yana bir odim” nomli davra suhbati tashkil etildi. 🤝 Tadbir davomida inson huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning o‘z huquq va majburiyatlarini anglab yetishi, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish hamda amaldagi qonunchilikda belgilangan huquqiy normalar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. 📖 Shuningdek, ishtirokchilar kutubxona fondida mavjud huquqiy va siyosiy adabiyotlar bilan tanishtirildi. 🗣 Ochiq muloqot tarzida o‘tgan davra suhbatida ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan aniq va tushunarli javoblar berildi. Tadbir aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.