Fotogalereya

📚2026-yil 30-yanvar kuni  Mirzacho‘l tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 14-maktab oʻquvchilariga yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish, ularni mutolaaga keng jalb qilish maqsadida kitobxonlarning yutuqlari aks etgan rasmlardan iborat  fotogalereya tanishtirildi. 🔰Mazkur fotogalereyada kitob orqali yutuqlarga erishgan, turli tanlov va tadbirlarda faol ishtirok etib kelayotgan yosh kitobxonlarning muvaffaqiyatlari namoyish etildi. ✅Tadbir yoshlar uchun katta ruhiy rag‘bat bo‘lib, kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish va bilim olishga undashga xizmat qiladi.