📚2026-yil 30-yanvar kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Musiqa va san'at maktabi oʻquvchilar bilan birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov tavalludiga bag'ishlab "Islom Abdug'aniyevich Karimov - mustaqil O'zbekiston asoschisi" nomli davra suhbat tashkil etildi. 🔰Davra suhbati davomida yig'ilganlarga birinchi prezidentimizning hayot yo'li, mustaqilligimiz va mamlakatimiz rivoji uchun qo'shgan hissasi, siyosiy maydonda erishgan yutuqlari to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi. ✅Tadbirda o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Davra suhbatida 15 nafar ishtirokchilar qatnashdilar.