“Yosh kitobxon” tanlovini Mirzacho'l tuman bosqichi o'tkazildi. 🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida 10-14, 15-19, 20-30 yosh toifasidagi yoshlar o'rtasida "Yosh kitobxon" tanlovining Mirzacho'l tumani bosqichi tuman "18-umumta'lim maktabi kutubxonasida" da bo'lib o'tdi. 🔰Ochilish marosimida so‘zga chiqqan Mirzacho‘l tumani Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi boshlig‘i X.S. Safarov hamda tuman Axborot-kutubxona markazi mas’ullari kitobning inson hayotidagi o‘rni, ayniqsa yoshlar kamolotidagi beqiyos ahamiyatiga urg‘u berdi. 📚 Tanlovda ishtirokchilar oldindan e'lon qilingan asarlarga oid 2 ta shart asosida badiiy asarlar bilimdoni va tezkor savol javob shartlarida bellashdilar. ✅ Tanlov yakunida yuqori natijaga ega bo‘lgan yoshlar diplom va estalik sovg'alar bilan taqdirlandi hamda har bir yosh toifasi bo'yicha eng yuqori balni qo'lga kiritgan ishtrokchilar tanlovning to'rtinchi bosqichida ishtirok etish uchun yo'llanmani qo'lga kiritdi.