Sifat va natija — kutubxona faoliyatining asosiy mezoni

Sifat va natija — kutubxona faoliyatining asosiy mezoni 📚​Joriy yilning 2- fevral kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida Jizzax viloyat AKM mas’ullari ishtirokida 2025-yil yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. ​✅ Yig‘ilish davomida markazning barcha xizmat rahbarlari tomonidan yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan taqdimotlar namoyish etildi. 🔰​Tahlillar davomida: ​Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifati; ​Fondni boyitish va raqamlashtirish ishlari; Bo‘lib o‘tgan tadbirlar samaradorligi atroflicha muhokama qilindi. ​Viloyatdan tashrif buyurgan mutaxassislar hisobotlarni tinglab, 2026-yilda faoliyatni yanada takomillashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish bo‘yicha o‘z tavsiya va ko‘rsatmalarini berdilar.