📚2026-yil 3- fevral kuni Mirzachoʻl tuman axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Toshkent" mahallasi 6- maktab o'quvchilariga Milliyligimizni aks ettiruvchi “Millat – kitobda yashaydi” nomli kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. 🔰Ushbu kitoblar ko‘rgazmasi xalqimizning boy tarixi, urf-odatlari, milliy qadriyatlari va bebaho ma’naviy merosini aks ettiruvchi asarlarga bag‘ishlanadi. Ko‘rgazmada o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalari qalamiga mansub asarlar, milliy an’analar, tarixiy shaxslar, ona tilimiz va madaniyatimiz haqida yozilgan kitoblar jamlangan. ✅Kitob – millat ruhining ko‘zgusi. U orqali ajdodlarimizning hayot tarzi, dunyoqarashi va orzu-umidlari bugungi avlodga yetib keladi. Ushbu ko‘rgazma yoshlarni milliy o‘zligimizni anglashga, Vatanga muhabbat va faxr tuyg‘usini mustahkamlashga chorlaydi. Barchangizni milliyligimizni tarannum etuvchi bebaho asarlar bilan yaqindan tanishishga chorlab qolamiz!