2026-yil 4-fevral kuni Mirzachoʻl tuman axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-sonli texnikumda ta’lim olayotgan yoshlarning bilim doirasini kengaytirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida ko‘chma kutubxona adabiyotlari yangilandi. Yangilangan fondga badiiy, ilmiy-ommabop, kasbiy yo‘nalishdagi hamda ma’naviy-ma’rifiy kitoblar kiritildi. ✅Mazkur tashabbus o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ko‘chma kutubxona orqali kitoblar yosh kitobxonlarga yanada yaqinlashtirilib, ta’lim jarayonini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.