Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-son Politexnikumi bilan hamkorlikda "Gender tenglikning jamiyat hayotidagi ahamiyati" shiori ostida "Mening huquq va majburiyatlarim" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. ✅Tadbirda 1-son Politexnikum direktori xotin-qizlar masalalari boʻyicha rais hamda huquq organlari ishtirok etib, gender tenglik ayol va erkaklarning jamiyatdagi oʻrni, huquq va majburiyatlari yuzasidan muhim fikr va tushunchalar berildi. 🔰Davra suhbati davomida ishtirokchilar oʻz fikr- mulohazalarini bildirishdi, savol- javoblar orqali mavzu yanada mustahkamlandi.