2026-yil 5-fevral kuni Mirzacho‘l tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumanimizdagi "Mustaqillik" mahallasida ko‘chma kutubxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 🔰 Aholining talab va istaklarini inobatga olgan holda, ko‘chma kutubxona xizmati tashkil etilib, kitobxonlar uchun zarur adabiyotlar taqdim etildi. Tadbir doirasida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida o‘zaro shartnoma imzolandi hamda sayyor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida aholi turli mavzulardagi badiiy, ilmiy-ommabop va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirildi. ✅Mazkur tashabbus aholining kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirishga xizmat qiladi.