Ko'rgazma

📚 Joriy yilning 5-fevral kuni "Yangidala" mahallasidagi 8-maktabda Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Direktor sovrini” loyihasi doirasida targ‘ibot-tanishtiruv tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda “Kitob — bilim va tafakkur manbai” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etilib, loyiha e’lonlari maktab e’lonlar doskasiga joylashtirildi. ✅ Tadbirda o‘quvchilar, o‘qituvchilar va kutubxona xodimlari ishtirok etdi. Ko‘rgazmada mutolaa uchun tavsiya etilgan adabiyotlar tanishtirildi hamda tanlov shartlari, savol-javoblar va g‘oliblarni pul mukofotlari bilan taqdirlash tartibi haqida ma’lumot berildi. 🔰 Tadbir o‘quvchilarda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirishga, ularni tanlovda faol ishtirok etishga undadi.