Mahorat darsi

Joriy yilning 6-fevral kuni Mirzacho'l tuman axborot -kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan Jizzax viloyati axborot-kutubxona markazining 2024-yil 21-avgust № 15-01-03/298 sonli xatiga asosan tuman axborot -kutubxona markazi xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida, kutubxona xodimlarga navbatdagi mahorat darsi o'tkazildi. ✅Ushbu mahorat darsida xodimlarga Microsoft Excel dasturida oylik,yillik ish rejalarini tuzish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi. Mashg‘ulot davomida ish rejasini avtomatlashtirish, hisob-kitoblarni tez va aniq bajarish maqsadida Excel formulalaridan samarali foydalanish usullari tushuntirildi.