Davra suhbati

2026-yil 10-fevral kuni Mirzachoʻl tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Gulzor" mahallasi hududida joylashgan 19-maktabda "Direktor sovrini" loyihasi doirasida targʻibot tadbiri hamda loyiha boʻyicha eʼlon ishlari amalga oshirildi. 🔰Tadbir davomida oʻquvchilar ishrokida davra suhbati tashkil etilib, ularga loyiha mazmun- mohiyati, maqsad va vazifalari, shuningdek, oʻquvchilar uchun yaratilayotan imkoniyati haqida batafsil maʼlumot berildi.Shu bilan birga, loyiha yuzasidagi eʼloni maktabning axborot doskasiga joylashtirildi. ✅Davra suhbati davomida yoshlarning bilim olishga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularni turli tanlov va loyihalarda faol ishtirok etishga jalb qilish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.Ishtirokchilar loyiha asosida oʻzlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan maʼlumot oldilar.Mazkur yoʻnalishdagi targʻibot ishlarini kelgusida ham izchil davom ettiriladi.