Joriy yilning 10-fevral kuni Mirzacho‘l tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Paxtazor" mahallasi hududidagi 16-sonli umumta’lim maktabida "Direktor sovrini" loyihasining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. ✅ Tadbir doirasida: O‘quvchilarga loyihaning maqsad va vazifalari, ishtirok etish tartibi hamda g‘oliblar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi; Maktabning axborot doskasiga loyiha yuzasidan maxsus e’lonlar joylashtirildi; Yosh kitobxonlar uchun yangi nashr etilgan badiiy kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi. 📖 Tadbirda yoshlarning bilimga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan aniq javoblar olishdi. ✨ Bu kabi targ‘ibot ishlari tumanimiz bo‘ylab izchil davom ettiriladi.