2026-yil 10-fevral kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 18-maktabning faol o‘quvchilari ishtirokida kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. 🔰Ekskursiya davomida o‘quvchilar kutubxona faoliyati, kitob fondlari, elektron resurslar hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitobning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida tushunchalar berildi. ✅Mazkur tadbir yosh avlodda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda kutubxonadan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi. 📖 Kitob – bilim manbai, kutubxona esa ma’naviyat maskani!