2026-yil 10-fevral kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida o‘zbek xalqining fojiali, ammo matonatga boy tarixini yodga olish maqsadida "Qatag‘on qurbonlari: Jizzaxlik fidoyilar yodi" mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 🔰 Tadbirda mustabid tuzum davrida millat manfaati, yurt ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan vatandoshlarimizning xotirasi yodga olindi. Ishtirokchilarga o‘tgan asrning suronli yillari, nohaq ayblovlar va xalqimiz boshiga tushgan og‘ir sinovlar haqida so‘zlab berildi. 📖Tadbirda viloyatimizdan chiqqan fidoyi, ziyolilar va jamoat arboblarining hayot yo‘li, ularning yurt ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari hamda ayanchli taqdirlari arxiv ma’lumotlari asosida yoritib berildi. Bu ma’lumotlar yoshlarda o‘z ajdodlariga nisbatan faxr va hurmat tuyg‘usini uyg‘otdi. ✅ Tadbir davomida kitob mutolaasiga daʼvat etish maqsadida mavzuga oid tarixiy va badiiy asarlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.