Ijodiy_uchrashun

📚✨ She’riyat va kitob — qalblarni bog‘lovchi ko‘prik ✨📚 2026-yil 11-fevral kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida tumanimiz shoiri Ro‘zimurod Bolqiyev hamda yoshlar ishtirokida “She’riyat va kitob — qalblarni bog‘lovchi ko‘prik” mavzusida mazmunli davra suhbati tashkil etildi. 🔰Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi — yoshlar qalbida kitobga bo‘lgan muhabbatni kuchaytirish, she’riyat orqali ma’naviy dunyoni boyitish hamda ijodkor va kitobxon o‘rtasida mustahkam ma’naviy rishtalar yaratishdan iborat bo‘ldi. ✅Davra suhbati davomida shoir Ro‘zimurod Bolqiyev o‘zining ijod yo‘li, she’rning inson qalbiga ta’siri, kitobning tarbiya va tafakkur shakllanishidagi beqiyos o‘rni haqida samimiy fikrlar bildirdi. Yoshlar shoir bilan bevosita muloqotda bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar, she’riy namunalar tingladilar