📚2026-yil 11-fevral kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlariga Din ishlar bōyicha qōmitaning Mirzacho‘l tuman bosh mutaxassisi Doston Ubaydullayev tomonidan “Jaholatga qarshi ma’rifat: Huquqiy kafolat va diniy tushuncha” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🔰Suhbat davomida jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, maxsus gologrammasi bo‘lmagan diniy kitoblardan foydalanmaslik, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan taqiqlangan diniy mazmundagi materiallarni eshitmaslik va tarqatmaslik masalalari muhokama qilindi.