📚 "DIREKTOR SOVRINI" LOYIHASI DAVOM ETMOQDA! Navbatdagi manzil — Toshkent QFYdagi 13-sonli umumta’lim maktabi bo‘ldi. 📍 Mirzacho‘l tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari maktab o‘quvchilari bilan uchrashib, kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi ushbu loyihaning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berishdi. Tadbir davomida: ✅ Loyihada ishtirok etish tartibi va g‘oliblik shartlari tushuntirildi; ✅ Maktabning axborot doskasiga loyiha yuzasidan e’lonlar joylashtirildi; ✅ Yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida yangi nashr etilgan badiiy asarlar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. ✨ Maqsadimiz bitta: yoshlarning kitobga bo‘lgan muhabbatini yuksaltirish va bilimli yoshlarni munosib qo‘llab-quvvatlash! O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi. 🚀 "Direktor sovrini" loyihasi doirasidagi targ‘ibot tadbirlari tumanimiz bo‘ylab izchil davom etadi. Bizni kuzatib boring!