koʻrgazma

📚 Joriy yilning 12-fevral kuni Oʻzbekiston mahallasida joylashgan 11-maktabda Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Kitob — tafakkur va yutuq sari qadam” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. ✅ Mazkur ko‘rgazma o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, mutolaa orqali ularning dunyoqarashi va tafakkurini kengaytirish maqsadida o‘tkazildi. Tadbir davomida “Direktor sovrini” loyihasi doirasida tanlov uchun tavsiya etilgan 5 ta asar o‘quvchilarga batafsil tanishtirildi hamda tanlovning nizomi, ishtirok etish tartibi va baholash mezonlari haqida tushuntirish berildi. ✅ Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kitoblar mazmuni bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.