Koʻchma_kutubxona

📚2026-yil 12-fevral kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mirzacho‘l 1-texnikumida ko‘chma kutubxona adabiyotlari foydalanuvchilarning talab va istaklariga binoan yangilandi. 🔰Shuningdek, talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda ularning qiziqishlarini o'rganish maqsadida, sayyor tadbir va targ‘ibot ishlari olib borildi. ✅Tadbir davomida kutubxona xizmatlaridan samarali foydalanish, yangi adabiyotlar bilan tanishish hamda ayni vaqtda kutubxonada amalga oshirilayotgan loyihalar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.