📚2026-yil 16-fevral kuni Mirzacho‘l tumanidagi Paxtazor MFYda joylashgan 16-sonli umumta’lim maktabida o‘zgacha adabiy muhit hukm surdi. O‘zbek adabiyotining yorqin vakilasi, sadoqat va matonat timsoli Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligi munosabati bilan "Vodiyning matonatli va shoira qizi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🔰Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda kitobxon qizlar shoiraning hayot yo‘li, uning murakkab qismati va o‘zbek she’riyatiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. ✅Tadbir davomida shoira qalamiga mansub she’rlar yangradi, uning Said Ahmad bilan bo‘lgan sadoqatga yo‘g‘rilgan hayotiy hikoyalari yosh kitobxonlarda katta taassurot qoldirdi.