Koʻchma_kutubxona

📚2026-yil 16-fevral kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Ipak" yo'li MFY hududida joylashgan 4-maktab kutubxonasiga ko‘chma kutubxona adabiyotlari foydalanuvchilarning talab va istaklariga binoan yangilandi. ✅Shuningdek, o'quvchi-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda ularning qiziqishlarini o'rganish maqsadida, sayyor tadbir va targ‘ibot ishlari olib borildi. Tadbir davomida kutubxona xizmatlaridan samarali foydalanish, yangi adabiyotlar bilan tanishish hamda ayni vaqtda kutubxonada amalga oshirilayotgan loyihalar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.